Qozog‘istonda bo‘g‘irsoq tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatildi
Oshpazlar 2 tonnadan ortiq bo‘g‘irsoq pishirdi.

Foto: Kazinform
Qozog‘istonda bir vaqtda bo‘g‘irsoq tayyorlash bo‘yicha rekord qayd etildi, deb xabar berdi Kazinform.
Fairy Bauyrsaq Day tadbiri davomida beshta qozonda 40 dan ortiq oshpaz 2047 kilogramm bo‘g‘irsoq tayyorladi va mehmonlarga tarqatdi. Yangi rekord avvalgisidan 47 kilogrammga ko‘p.
«Qozog‘iston rekordlar kitobi sahifalarida qozog‘istonliklarning noyob natijalari tasvirlangan, bugun kitobimiz yangi yorqin rekord bilan to‘ldirildi – 2047 kilogramm bo‘g‘irsoq tayyorlandi. Aytgancha, yangi rekord avvalgisidan 47 kilogrammga ko‘p. Bunday tashabbuslar xalqaro kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, mamlakatimizga qiziqish, an’ana va madaniyatimizga hurmat ko‘rsatilayotgani juda muhim. Bu nafaqat rekord o‘rnatish, balki shaharliklar uchun ajoyib bayramdir», dedi Qozog‘iston Rekordlar kitobi rasmiy vakili Tastulekov Baqitjan.
Mavzuga oid

08:43
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi

23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

19:56 / 22.04.2025