Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Prigojin haqida: «Uni o‘ldirishmaydi, lekin hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: BelTA
Jurnalistlar bilan uchrashuvda u Putin va Prigojin munosabatlari haqida «hamma narsani bilmasligini va bilishni istamasligini» aytdi.
«Putin u bilan ko‘proq tanish, ular Sankt-Peterburgda birga yashab, ishlagan. Ularning munosabatlari yaxshi edi. Balki juda ham yaxshi edi», deb uning so‘zlarini keltirdi BelTA.
Lukashenko so‘zlariga ko‘ra, «vagnerchilar» rahbari hozir ozodlikda va «Rossiya manfaatlari uchun ishlashini» aytgan.
«Uning taqdiri bundan keyin nima bo‘ladi? Xo‘sh, hayotda hamma narsa sodir bo‘ladi. Ammo agar siz Putinni shu qadar g‘arazli va qasoskor, ertaga uni qayerdadir «o‘ldiradi» deb o‘ylasangiz... Yo‘q, bunday bo‘lmaydi», deb ta’kidladi u.
Shuningdek, Lukashenko Prigojin hozir Belarusda emasligini, yollanma jangchilar esa «o‘z lagerlarida» ekanini aytdi. Bu lagerlar qayerda ekaniga aniqlik kiritmadi.
Avvalroq Belarusning Mogilyov viloyatida «Vagner» bo‘linmalari joylashishi kerak bo‘lgan chodir lageri qurilayotgani xabar qilingandi.
Shuningdek, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg qurolli isyondan so‘ng Belarusga oz sondagi «vagnerchilar» o‘tgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid

07:53 / 28.07.2025
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi

17:49 / 26.07.2025
Belarus kiberfiribgarlari pullarning bir qismini O‘zbekistonga yuborgani ma’lum bo‘ldi

09:08 / 24.07.2025
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi

11:10 / 23.07.2025