UzAuto Motorsʼning Asakadagi zavodi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi
Asakadagi UzAuto Motors zavodi 17 iyuldan to‘liq quvvatda qayta ishga tushadi. Zavod iyul oyi boshida modernizatsiya ishlari sababli o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgandi.

Foto: UzAuto Motors
Asakadagi UzAuto Motors zavodi 17 iyuldan to‘liq quvvatda ishga tushadi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Avvalroq, Asakadagi zavodda ishlab chiqarish liniyalari ishi vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi. Bu Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda zavodning ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish reja qilingani bilan izohlangandi.
«Ushbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 30 ming donaga oshirish imkonini beradi», deyilgandi UzAuto Motors xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyi boshida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgandi. «O‘zavtosanoat» matbuot xizmatining izoh berishicha, bu modellarga shartnoma berish qachon boshlanishi haligacha noaniq bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid

18:24 / 08.04.2025
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi

23:42 / 19.03.2025
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi

07:25 / 20.04.2024
Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

09:56 / 05.03.2024