Vengriya O‘zbekistonda organik o‘g‘it ishlab chiqarmoqchi
Vengriyalik organik o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda ham faoliyat yuritishga qiziqish bildirdi.

Foto: Agro.uz
Amaliy tashrif bilan Vengriyada bo‘lib turgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Agriturf kompaniyasi rahbari Andras Dovgal bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning o‘zida organik o‘g‘it ishlab chiqarish masalasi ko‘tarildi. Bu borada Agriturf kompaniyasining tajribasi, imkoniyatlari o‘rganildi. Kompaniya rahbari Andras Dovgal o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Muzokaralarda mazkur kompaniya tomonidan O‘zbekistonda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Organik o‘g‘it qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga Yevropa bozori talablariga mos yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid

13:03 / 16.04.2025
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

13:52 / 15.04.2025
Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi

15:22 / 14.04.2025
Orbanning raqibi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi

18:09 / 03.04.2025