O‘zbekiston | 07:39 / 16.08.2023
5448
2 daqiqa o‘qiladi
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabardor qilish tartibi tasdiqlandi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y bergani haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tegishli nizom tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:
- xabar berish tizimining asosiy maqsadi – bu aholi va tegishli organlarga favqulodda vaziyatlar haqida haqqoniy va tezkor ma’lumotlar yetkazish;
- xabar berish tizimi respublika, hududiy, lokal va obekt darajasida amalga oshiriladi va FVV vaziri, fuqaro muhofazasi boshlig‘i va obektlar rahbarlarining buyrug‘i asosida ishga tushiriladi;
- favqulodda vaziyatda (yoki ro‘y berishidan oldin) “Barchaga diqqat” signali va elektrosirenalar ruporli ovoz kuchaytirgich orqali 3 daqiqagacha aholiga eshittiriladi;
- signaldan so‘ng yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida ma’lumot televideniye, radio va internet orqali davomiyligi 5 daqiqagacha bo‘lgan video va audiorolik ko‘rinishda yetkaziladi;
- shuningdek aholi mobil operatorlar orqali ham xabardor qilinadi.
Mavzuga oid

16:35 / 06.04.2025
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

20:27 / 28.03.2025
Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar va FVV akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025