O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi xayriya tadbirini o‘tkazdi
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yurtdoshlar va ko‘p bolali oilalar holidan xabar olindi.

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan bir guruh faol vatandoshlar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Sharja va Ras al-Xayma shaharlarida istiqomat qilayotgan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj yurtdoshlar va ko‘p bolali oilalar holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqat, bolalar uchun o‘yinchoqlar va boshqa mahsulotlar berildi.
Tadbir davomida «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati odamlarga tushuntirilgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarda vaqtincha ishlayotgan va ta’lim olayotgan fuqarolarning haq-huquqlari himoyasini ta’minlashi qayd etildi.
Mavzuga oid

22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

20:18 / 08.05.2025