Toshkentda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jazolandi
O‘qituvchilarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilgan rahbar jarimaga tortildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 149-maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan direktorga chora ko‘rildi. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Qayd qilinishicha, maktab direktori tomonidan Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va Mehnat Kodeksining 5-, 25-moddalari talabi buzilib, o‘qituvchilar obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilingan.
Tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llangan. Uning miqdori xabarda keltirilmagan. Kodeksga ko‘ra, huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025