Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi
Bengal ko‘rfazidagi milliy kosmodromdan Aditya-L1 avtomatik stansiyasi uchirildi. Bu - quyoshni o‘rganish uchun birinchi hind apparati.

Foto: AP
Hindistonda Aditya-L1 quyoshni o‘rganish bo‘yicha avtomatik stansiya muvaffaqiyatli uchirildi. Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) 2 sentabr, shanba kuni ma’lum qilishicha, PSLV C57 (Polar Satellite Launch Vehicle) raketa tashuvchisi bortidagi stansiya bilan Bengal ko‘rfazidagi Shrixarikota orolida joylashgan milliy kosmodromdan parvoz qilgan.
«Qurilma sun’iy yo‘ldoshni mo‘ljallangan orbitaga aniq olib chiqdi. Hindistonning birinchi quyosh observatoriyasi Quyosh-Yer tizimining L1 nuqtasiga (Lagranj nuqtasi hududidagi galo-orbita) sayohatini boshladi», deyiladi xabarda.
L1 Yerdan taxminan 1,5 million km uzoqlikda joylashgan. Stansiya Yerga yaqin orbitada 16 kun bo‘lishi, keyin esa L1'ga yana 110 kun uchishi kerak. Agar missiya muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda stansiya quyoshning qorong‘iliksiz doimiy kuzatuviga ega bo‘ladi.
Hindistonning birinchi quyosh tadqiqot missiyasi
Aditya-L1 - quyoshni o‘rganish bo‘yicha birinchi hind missiyasi. Uning asosiy maqsadlari - quyoshning xromosferasi va tojini o‘rganish, magnit maydoni va zarralar oqimini o‘lchash. Bortda yettita asbob bor – to‘rttasi masofadan zondlash va uchtasi joyida kuzatish uchun.
Bu - Hindistonning joriy yilgi ikkinchi kosmik missiyasi. 14 iyul kuni «Chandrayan-3» stansiyasi bortida «Pragyan» lunoxodi bilan Oyga uchirildi. Avgust oyi boshida u Oy atrofidagi orbitaga chiqarildi. 23 avgust kuni «Chandrayan-3» kam o‘rganilgan Janubiy qutb hududiga Hindiston tarixida birinchi marta yumshoq qo‘nishni amalga oshirdi, bu yerda olimlarning fikriga ko‘ra, muzli suv zaxiralari bo‘lishi kerak.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
-
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 13:37
Mavzuga oid

11:50 / 16.05.2025
Hindistonda odam savdosi qurboniga aylanish xavfi ostida qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

17:40 / 13.05.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi

20:54 / 12.05.2025