Rossiya sobiq prezidenti YeI bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatishni taklif qildi
Dmitriy Medvedev Yevropa komissiyasining Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yangi tushuntirishlarini shunday izohladi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Yevropa yetakchilarini irqchilikda qoraladi va Yevropa Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatishni taklif qildi. Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidenti Yevrokomissiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yangi tushuntirishlarini shunday izohladi.
«Yevropa Ittifoqi rahbarlariga qoyil. Halol Bryussel boshliqlari. Ular barcha rossiyaliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aytdi: siz biz uchun ikkinchi darajali fuqarolarsiz. Xuddi Sharikov (Sharikov - Mixail Bulgakovning «It yuragi» qissasidagi qahramon) kabi», — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining qarori «har bir Rossiya fuqarosi yuziga tarsaki bo‘ldi».
«Buni nima qilishimiz kerak? Albatta, Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun javob cheklovlarini joriy qilmaslik lozim. Biz irqchi emasmiz. Bizga kelayotganlar esa, odatda, Rossiyani yaxshi ko‘radi va qadrlaydi», — dedi Medvedev.
Shu bilan birga, rossiyalik siyosatchi YeI bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatishni taklif qildi.
«Yevropa Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish yaxshi bo‘lardi. Diplomatik xodimlarni esa mamlakatimizga olib kelish kerak», - deya xulosa qildi u.
Avvalroq Yevrokomissiya sanksiya qonunchiligidagi yangilikni tasdiqlagan edi, uning doirasida rossiyaliklar endi Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar yordamida YeI mamlakatlariga kira olmaydi. Bundan tashqari, rossiyaliklarga shaxsiy buyumlarni, jumladan smartfonlar, noutbuklar, kameralar, kosmetika, zargarlik, charm buyumlar va boshqalarni olib o‘tish taqiqlangan.
Mavzuga oid

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

14:09 / 17.04.2025