Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Dushanbeda yig‘ilish o‘tkazdi
Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari Dushanbeda davlat rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi kun tartibi va unda ko‘rib chiqiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qildi.

Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning besh davlati TIV rahbarlari yig‘ilishida qatnashdi.
«Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblariga Dushanbe shahridagi samimiy qabul uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan bo‘lgan hamkasblari bilan birgalikda vazirlar yig‘ilishini o‘tkazgan.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi kun tartibi hamda unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari muhokama qilingan.
14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid

08:42 / 24.04.2025
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi

23:31 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

09:01 / 10.04.2025