Toshkentda ikki kishiga 3,3 ming dollar evaziga «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Toshkent va Andijonda haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Foto: Kun.uz
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda A.T. ismli shaxs fuqarolar M.A. va T.A.ga 3,3 ming dollar evaziga go‘yoki IIBda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan “B”, “C”, “D” toifali haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgani aniqlangan.
U kelishilgan puldan 1 650 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “A.-G.” MChJga qarashli avtomaktabning boshqaruv ustasi I.S. fuqaro F.M.ga tanishlari yordamida “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 650 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

20:16 / 05.05.2025