O‘zbekiston va Gurjiston Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashish masalasini muhokama qildi
Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Gurjiston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Gurjiston tashqi ishlar vaziri Ilya Darchiashvili bilan muzokaralar o‘tkazdi.
«Gurjiston tashqi ishlar vaziri Ilya Darchiashvili janoblari bilan bo‘lgan muzokaralarimiz chog‘ida O‘zbekiston-Gurjiston munosabatlari ijobiy sur’atlarda rivojlanayotganini qayd etdik hamda sherikligimizni barcha yo‘nalishlarda, ayniqsa, iqtisodiy diplomatiya sohasida yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Bo‘lajak yuqori darajadagi almashinuvlar, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi bo‘ylab yuklarni tashish va boshqa masalalar uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi.
Mavzuga oid

09:34 / 30.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchisi Nika Meliya qo‘lga olindi

13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi

10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi

10:31 / 30.04.2025