Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
Saudiya Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etiladi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi Mintaqaviy va xalqaro aloqalar direktori Xalil al-Afra bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozoriga eksport qilish, ikki davlat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va tashriflar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Xalil al-Afra ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi olti yilda yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidladi. Bunda ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan mushtarak intilishlari muhim o‘rin tutayotganini qayd etildi.
Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish masalalariga e’tibor qaratishdi.
Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025