Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2 ta yuk mashinasi va «Kobalt» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yuk mashinalari haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Foto: IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 26 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 2 ta yuk mashinasi va “Kobalt” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, soat 01:00 larda Xonobod ko‘chasi 12-bekat qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
2002 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk mashinasi, 2001 yilda tug‘ilgan D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina hamda 1957 yilda tug‘ilgan Sh.F. boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
YTH oqibatida MAN hamda HOWO rusumli yuk mashinalari haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025