O‘zbekiston | 22:25 / 09.10.2023
8276
2 daqiqa o‘qiladi

Quvvat doirasidagi cheklovlar faqat zarurat yuzasidan qo‘llaniladi - HET 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xavotirlarga izoh berdi. 

Foto: Shutterstock

Elektr energiyasi iste’molchilari uchun quvvat doirasidagi cheklovlar faqat zarurat yuzasidan qo‘llaniladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xabar berdi.

Qayd qilinishicha, bunday chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida zarurat yuzasidan qo‘llaniladi. Ya’ni, bu yil qish va yoz oylarida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti kabi vaziyatlardagina vaqtincha elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklamalar tushishini oldini olish uchun amalga oshiriladi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda «endi xonadonda birdaniga uchta konditsionerni ulasangiz hisoblagich tokni avtomatik tarzda uzadi» yoki «hisoblagich orqali 10-15 kW quvvat doirasida cheklov kiritiladi» degan mazmundagi xabarlar tarqalgan edi.

Qayd qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari» tegishli bandiga asosan, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab iste’molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan (hamda joylashgan hududidan) kelib chiqib, hisoblagich orqali 10-15 kW quvvat doirasida cheklov kiritilishi belgilangan.

Mavzuga oid