To‘qayev rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot ta’sis etishni taklif qildi
Putin bu tashabbusi uchun unga alohida minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bishkekdagi MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev MDH davlatlari negizida rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot ta’sis etish tashabbusi bilan chiqqan.
To‘qayevning tashabbusiga ko‘ra, Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi. Shartnoma ta’sis etilayotgan tashkilotning huquqiy maqomi, maqsad va vazifalari, shuningdek uning organlari faoliyati tartibiga aniqlik kiritadi.
Tashkilotning bosh maqsadi shartnomaga a’zo davlatlarning rus tilini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun ko‘ptomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash ekani ko‘rsatilgan.
Putin bu tashabbusi uchun Qozog‘iston prezidenti To‘qayevga alohida minnatdorlik bildirdi, lekin videoda u bu safar ham Qosim-Jo‘mart Kemelovichning ismi-sharifini to‘g‘ri talaffuz qila olmaganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid

19:10 / 25.04.2025
Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi

09:01 / 25.04.2025
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi

01:32 / 23.04.2025
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT

21:41 / 22.04.2025