Samarqandda ko‘pqavatli uylar 10 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Ular energetika tarmoqlariga noqonuniy ulangani aytilmoqda.

Samarqand shahridagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahridagi 136-144-sonli ko‘p qavatli uylar (9 ta) tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy holda ulangani aniqlangan. Ushbu ko‘pqavatli uylar «A.B.» MChJ tomonidan qurilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga qariyb 9 mlrd 535 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, mazkur hududdagi 142-143-sonli ko‘pqavatli uylar elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, noqonuniy foydalanib, tizimga 64 mln 800 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingani aytilmoqda.
Mavzuga oid

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi

20:39 / 26.03.2025