O‘zbekiston | 07:28 / 25.10.2023
5227
2 daqiqa o‘qiladi

Saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan partiya deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanadi

Agar hech qaysi partiya kamida yetti foiz ovozni to‘plamagan bo‘lsa, saylov o‘tmagan, deb topilishi nazarda tutilyapti.

Foto: O‘zA

Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasining yig‘ilishida “Ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga ko‘rib chiqildi.

Loyiha Qonunchilik palatasiga saylovni aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional shaklda o‘tkazishni nazarda tutadi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida bir qator yangiliklar joriy etilmoqda. Yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan partiya belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanmoqda. Agar hech qaysi partiya kamida yetti foiz ovozni to‘plamagan bo‘lsa, saylov o‘tmagan, deb topilishi nazarda tutilyapti.

Avvalroq “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar tomonidan qonunchilik takliflarini ilgari surish va Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyati taqdim etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid