AQSh va Xitoy Bayden va Si o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuv bo‘yicha kelishuvga erishdi
Hozircha, uchrashuv sanasi noaniq bo‘lib qolmoqda.

Foto: Global Look Press
Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘z yetakchilari Jo Bayden va Si Jinping o‘rtasidagi uchrashuv bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Ayni damda tomonlar tafsilotlar bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibi o‘rinbosari Emili Saymons xabar berdi.
«Men logistik rejalashtirish masalasida oldindan bir narsa deyolmayman, lekin Xitoy tomoni bilan uchrashuv bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdik», dedi u.
Avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer prezident Jo Bayden Xitoy rahbari bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini ma’lum qilgandi.
28 oktyabr kuni AQSh ma’muriyati va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I o‘rtasidagi Vashingtonda o‘tkazilgan muloqot chog‘ida noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan APEC sammitida Jo Bayden va Si Jinping o‘rtasidagi uchrashuvni rejalashtirishga o‘zaro tayyorlik bildirilgani xabar qilingandi.
Aniqlik kiritilishicha, prezident Baydenning Van I bilan uchrashuvi bir soatga yaqin davom etgan, vazir AQSh prezidenti maslahatchisi Jyeyk Sallivan bilan yana uch soat, davlat kotibi Entoni Blinken bilan olti soat suhbatlashgan.
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025