Rossiyada «Vagner» XHK uchun askarlarni yollash qayta boshlandi
Rossiyada mintaqaviy OAVning yozishicha, jangovar tajribaga ega rossiyaliklar Perm va Novosibirskda «Vagner» XHKning mahalliy bo‘limlariga jalb qilinmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, XHKga rahbarlik Yevgeniy Prigojinning o‘g‘li - Pavelga o‘tdi.

Foto: Reuters
Rossiyada «Vagner» XHKga askarlarni yollash qayta boshlandi. Jangovar tajribaga ega bo‘lgan rossiyaliklarga Perm va Novosibirskda XHK bo‘limlariga taklif qilinayotgani haqida, jumladan, mintaqaviy OAV - 59.ru va Ngs.ru xabar berdi.
59.ru nashri, xususan, «Vagner» XHK boshqaruvi kompaniya asoschisining o‘g‘li Pavel Prigojinga o‘tgani va u bo‘linma sifatida Rossiya gvardiyasi tarkibiga kirganini yozadi. Nashrga ismini oshkor etmagan manbaning aytishicha, qabul qilinganlarga xizmat qilish joyiga qarab 80 mingdan 240 ming rublgacha maosh taklif qilinmoqda. Minimal shartnoma muddati - olti oy.
Novosibirskdagi Ngs.ru nashri «Vagner» XHK mahalliy idorasidagi manbaga tayanib, 1 noyabr kuni qabul qilish «ikki-uch kundan beri» davom etayotgani va «ular jinoiy ish bilan bog‘liq yoki kasal odamlarni hali qabul qilmayotganini» yozdi.
Jangovar tajribasi bo‘lmagan, OIV va gepatit bilan kasallangan kishilar jalb qilinyapti
«Vajnyye istorii» nashri 27 oktyabr kuni «Vagner» XHKga qabul qilish qayta boshlangani haqida yozgan. XHK yollanma askarlarining qarindoshlari chatlarida va guruhga aloqador Telegram-kanallarida ishga olish haqidagi e’lonlar paydo bo‘ldi, biroq birmuncha vaqt o‘tgach, u o‘chirib tashlandi. Shu munosabat bilan Telegram’dagi «Vagner» XHK guruhi ma’muri «Vajnyye istorii»ga «Ishga qabul qilish bo‘yicha postga tushuntirishlar berilishini» aytdi.
«Vajnyye istorii»ga ko‘ra, guruh Ukrainada ilgari jang qilmaganlarni, shuningdek, armiyada xizmatda bo‘lmaganlarni, shu jumladan OIV va gepatit bilan kasallanganlarni jalb qilyapti. Oyoq-qo‘llari kesib tashlangan odamlarning nomzodlari ham «individual tartibda» ko‘rib chiqilyapti.
Mavzuga oid

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025