Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda AQShga viza rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.X., D.X. ismli shaxslar va boshqalar fuqaro R.M.ni 20 ming dollar evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza hujjatlarini rasmiylashtirib ishga yuborishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 15 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

19:00 / 26.07.2025
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

22:37 / 29.06.2025