Qirg‘iziston hukumati Rossiyani migrantlarni tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashga chaqirdi
Mamlakat o‘z fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini so‘ramoqda.

Foto: Vladimir Gerdo/TASS
Qirg‘iziston hukumati raisining o‘rinbosari Edil Baysalov Rossiya hukumatidan mehnat muhojirlarining oilalarini majburiy tibbiy sug‘urta (Ms) bilan ta’minlashni so‘radi. Bu haqda u Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Tatyana Golikova bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
«Baysalov bu masala ijobiy ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi va majburiy tibbiy sug‘urta bilan ta’minlash Qirg‘iziston fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yordam berishini ta’kidladi», deyiladi Qirg‘iziston hukumati xabarida.
Baysalovning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘izistondan Rossiyaga borayotgan mehnat muhojirlari ikkitomonlama munosabatlarni mustahkamlab, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni chuqurlashtirmoqda. Rossiya hukumati xabarida Qirg‘iziston fuqarolarini majburiy tibbiy sug‘urta qilish taklifi tilga olinmagan.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, majburiy tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lmagan shaxslar bepul tibiy yordam ololmaydi. Ularga faqat shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
Mavzuga oid

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

08:26
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025