Jahonda neft narxi 80 dollardan pastga sho‘ng‘imoqda
OPEC+ energetika vazirlarining yuzma-yuz uchrashuvini 26 noyabrdan 30 noyabrga kechiktirishi to‘g‘risidagi xabarlar fonida Brent nefti kotirovkalari 4 foizga pastlagan va neftning bir barreli 82 dollardan 79 dollarga tushgan.

Foto: REUTERS/Dado Ruvic/File Photo
Rasman neft narxi pasayayotganining sabablari ma’lum qilinmayapti, biroq Bloomberg nashri yozishicha, Saudiya Arabistoni kartelning boshqa ishtirokchilari neft qazib olish bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlardan norozi. Ekspertlar uchrashuvdan qazib olishni qisqartirish yoki kvotalarning kelgusida qirqilishini kutishayotgan edi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shu hafta ichida OPEC+ neft svoplari bo‘yicha eng yirik broker Onyx Capital Group ijrochi direktori Greg Nyumanning dokladini tinglagan. Dokladda qayd etilgan asosiy mazmun shundan iboratki, bozor «ayiq uyqusi» davriga kirishmoqda, boz ustiga, noyabr oyi savdolarida narxlar tushishi hisob-kitoblariga real sektor — neft kompaniyalari va aviatashuvchilar ham qo‘shilgan.
Shu hafta ichida Goldman Sachs Rossiya va Saudiya Arabistoni 2024 yilning birinchi choragida neft qazib olishni qisqartirishi mumkinligi haqida yozgan edi. OPEC+ tomonidan qazib olishni qisqartirish ehtimolini investitsion bank 35 foizga baholagan. Qisqartirish hajmi sutkasiga 0,5–1 mln barrelni tashkil etishi mumkin.
Avvalroq AQSh tomonidan Rossiyaning 14 kompaniyasi va uchta neft tashuvchi kemasiga qarshi sanksiyalar kiritilgani e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid

07:32 / 25.04.2025
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

08:45 / 21.04.2025
2025 yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklar uchun munosib sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

21:18 / 14.04.2025