Qozog‘iston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi
Shartnoma tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik, migratsiya, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi qator sohalarda yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident imzolagan qonun bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Shartnomaning asosiy maqsadi ikki mamlakat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va barqaror iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga qaratilgan davlatlararo munosabatlarning yangi bosqichini shartnoma-huquqiy jihatdan mustahkamlashdan iborat.
Shartnoma tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik, migratsiya, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni qabul qilish, parlamentlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.
Shartnoma ilovasida davlat rahbarlari boshchilik qiladigan O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy davlatlararo kengashi to‘g‘risidagi nizom keltirilgan.
Mavzuga oid

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi

23:14 / 22.04.2025