Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va viloyatida 3 ta «zapravka» 34 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta gaz «zapravka» 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Ular hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalarini o‘zgartirgan.

Foto: Energetika vazirligi
1 dekabr kuni «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Xususan, Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan «T.V.G.» MChJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «O.E.G.» MChJ va «P.O.» MChJga qarashli «zapravka»lar gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatgan. Buning uchun hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

11:35 / 27.07.2025
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi

19:58 / 17.07.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

11:06 / 15.07.2025