Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. 20 yoshli yigit kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.

Illyustrativ surat / Kun.uz
2 dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliygohning Davolash fakulteti 1-bosqich 112 «B» guruh talabasi bo‘lgan A.A. pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo shanba kuni tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.
Akademiya filiali matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, yigit kasallikka chalinganiga 1 haftacha bo‘lgan. U o‘z uyida vafot etgan.
Tegishli idora va vazirlikka ma’lumotlar yetkazilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Xulosalar aniq bo‘lganidan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid

20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi

22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi

11:17 / 02.10.2024
Xorazmda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi

10:31 / 22.05.2024