Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi rasman ochildi
Bosh konsullik 2022 yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda.

Photo: O‘sh shahri hokimligi
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xurshid Mirzohidov va boshqalar ishtirok etdi.
«Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida ochildi», deyiladi shahar hokimligi xabarida.
O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsulligi 2022 yilda ish boshlagan bo‘lib, Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlariga xizmat ko‘rsatadi.
Bosh konsul lavozimiga 54 yoshli Zafarbek Ahmedov tayinlangan bo‘lib, u 20 noyabrdan ish boshlagan.
Mavzuga oid

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025