Jizzaxda uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Foto: Jizzax viloyat FVB axborot xizmati
Jizzax viloyatida uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahar Shodlik mahallasida fuqaro shlakli blok ishlab chiqaruvchi uskunaga qisilib qolgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan boshqarma YoQO qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishgan va birinchi yordam ko‘rsatishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida uskunaga tushib ketgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.
Mavzuga oid

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

08:59 / 15.05.2025