Komil Allamjonov Turkiya elchisi bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi
Shuningdek, avval erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Unda hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
«O‘zbekiston delegatsiyasi noyabr oyi oxirida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini muhokama qildik, erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdik. Kelgusi yildagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdik», deb yozdi Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Noyabr oyi oxirida Komil Allamjonov va O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Turkiyaga borib, mamlakat prezidenti huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun bilan uchrashgan edi.
Mavzuga oid

02:31
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi

23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor

17:14 / 14.05.2025
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi

09:05 / 14.05.2025