Qoraqalpog‘iston IIV YHXB ayrim tadbirkorlarga noqonuniy imtiyoz yaratib bergani aniqlandi - Antimonopoliya
Boshlang‘ich qiymati 1,5 milliard so‘mdan ortiq tanlovlarda savdolarni o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar buzilgan.

Qoraqalpog‘iston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 44 ta maktabda yo‘l harakati xavfsizligi xonasini tashkil qilish va uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 1,5 milliard so‘mdan ortiq tanlovlarda savdolarni o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarning buzilishi hamda ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozli shart-sharoitlar yaratilgani aniqlangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi brifingda ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, tanlov natijasi qo‘mita tomonidan bekor qilinib, takroran o‘tkazilgan. Shuningdek, qonun buzilish holati bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rilgan. Aynan qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmadi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida raqobatga zid 27 ming 730 ta harakat aniqlangan. Shu bilan birga, 5 ming 118 ta (21,9 foiz) savdo jarayonida buyurtmachilar tomonidan 7 ming 640 ta raqobatga zid holat aniqlangan.
Mavzuga oid

14:25 / 30.04.2025
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

14:25 / 15.04.2025
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqqa ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi

08:14 / 11.04.2025