Ural Airlines O‘zbekistonga parvozlarni tiklaydi
13 yanvardan Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarini boshlaydi. U 5 ta yo‘nalishda qatnovlarini amalga oshirishi kutilmoqda.

Foto: Uzbekistan Airports
Ural Airlines aviakompaniyasi Samarqand, Namangan, Toshkent, Qarshi, Urganch shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi. Dastlabki reys 13 yanvar kuni bo‘ladi. Bu haqda Uzbekiston Airports xabar bermoqda.
Kompaniya yo‘lovchilarga Airbus A320 va Airbus A321 kabi samolyotlari bilan xizmat ko‘rsatadi.
Reyslar Rossiyaning Yekaterinburg, Samara, Krasnoyarsk va Moskva shahridan (Domodedovo aeroporti va Jukovskiy aeroporti) quyidagi jadval asosida qatnaydi:
- Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari;
- Moskva — Namangan — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va shanba kunlari;
- Moskva — Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har kuni;
- Moskva — Qarshi — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari;
- Samara — Urganch — Samara yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari.
Eslatib o‘tamiz, Ural Airlines o‘tgan yil boshidan beri O‘zbekistonga qatnovlarni tiklashga urinib keladi. Xususan, 2023 yil fevral oyida Rosaviatsiya tashkiloti aviakompaniyaga O‘zbekistonning 6 ta shahriga parvoz qilishga ruxsat bergandi. Qatnovlar o‘sha yil yozidan boshlanishi kerak edi.
Keyinroq esa Rossiyaning to‘qqizta aviakompaniyasi O‘zbekistondan yangi reyslar uchun ruxsat so‘radi. Ular orasida Ural Airlines ham havo qatnovlarini tashkil etish uchun ariza topshirgandi. Shu bilan 2023 yil dekabr oyiga kelib yuqoridagi yo‘nalishlarda parvozlar tiklanishi e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Ural Airlines aviakompaniyasi bosh qarorgohi Yekaterinburgda (Rossiya) joylashgan. Aviakompaniya Rossiyadagi eng yirik beshta aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30 / 25.04.2025