O‘zbekistonda yagona transport-logistika operatorini tashkil etish taklif qilinyapti
Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari xomashyoni import qilish uchun transport xarajatlarining 50 foizini qoplashi mumkin.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda yagona transport-logistika operatorini tashkil qilish taklif etilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi majlisi bayonida qayd etilgan.
Transport vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ikki oy muddatda tashqi savdo logistikasini takomillashtirish, logistika xarajatlarini 30 foizga kamaytirish va yangi logistika yo‘laklarini joriy etish bo‘yicha yagona transport-logistika operatori tizimini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, hukumatga kiritish topshirildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar va xomashyo importiga transport xarajatlarining 50 foizini ishlab chiqaruvchilarga yoki xalqaro transport yuk tashuvchi korxonalarga kompensatsiya qilish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Eksportni rag‘batlantirish agentligiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning import-eksport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida har moliyaviy yil boshida xalqaro logistika kompaniyalaridan arzonlashtirilgan logistika kvotalarini bron qilish topshirildi.
Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchi korxonalar o‘rtasida 1 foizlik ustama bilan kvotalar olish va taqsimlash bo‘yicha vakolatli davlat organi etib tayinlanadi.
Mavzuga oid

09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

11:43 / 10.04.2025
Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

22:08 / 26.03.2025
Prezidentga Toshkentni Samarqand va Andijon bilan bog‘lovchi muqobil yo‘l loyihalari haqida axborot berildi

11:09 / 26.03.2025