Qozog‘istonda taniqli MMA jangchisi otib ketildi
Suiqasd maishiy xarakterda bo‘lgan va fuqarolardan biri sportchini xotini bilan uchrashib yurganlikda ayblab otib tashlagan.

Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning O‘skemen shahrida taniqli MMA jangchisi Elyor Yunusmetov halok bo‘lgan. Uni shu shaharda yashovchi yigit otib tashlagan.
Zakon.kz saytining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 13 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs ko‘chada sportchiga qarata ikkita o‘q uzgan. O‘qlar Yunusmetovning boshiga tekkan va u voqea joyida halok bo‘lgan.
Politsiya tomonidan o‘q uzgan yigit tezda qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruvda, u Yunusmetovni xotini bilan uchrashib yurganlikda gumon qilib otganini aytgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
1990 yilda tug‘ilgan Elyor Yunusmetov MMAda xalqaro toifadagi sportchi hisoblangan va bir qancha musobaqalar g‘olibi bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:54
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

10:10 / 09.06.2025