O‘zbekistonda tug‘uruq o‘rinlar soni 4,3 mingtaga ko‘paytiriladi
O‘zbekistonda onalar o‘limini 13,5 dan 7 promillegacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu - «Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Qayd etilishicha, samarali antenatal parvarishda “Ayollar maslahatxonasi” va “Tibbiyot brigadasi” a’zolarining o‘zaro uyg‘unlikdagi faoliyatini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Demografik o‘sishning ijobiy boshqaruvini ta’minlash tizimi joriy etiladi. Bunda:
- homiladorlikka monelikni aniqlash bo‘yicha talablarni va tibbiy hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish;
- qarindoshlar orasida, erta (15-16 yosh) va kech (35 yoshdan keyin) hamda tez-tez va ko‘p tug‘uruqlar oldini olish dasturini ishlab chiqish mo‘ljallangan.
Tug‘uruq o‘rinlar soni bosqichma-bosqich yana 4,3 mingtaga ko‘paytiriladi.
Tug‘uruq muassasalari mutaxassislarining “Bexatar onalik” klinik protokollari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari tizimli oshiriladi.
Mavzuga oid

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

14:43 / 19.03.2025
Global isish nafas olish tizimi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

17:40 / 14.03.2025