Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo kubogi-2023. Qatar Eronni mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta finalga yo‘llanma oldi
Osiyo kubogi-2023 yarimfinali doirasidagi ikkinchi bahsda turnir favoriti Eron amaldagi chempion Qatarga qarshi maydonga tushdi.

«At-Tumama» stadionida o‘tgan bahsda Sardor Ozmun 4-daqiqadayoq ajoyib goli bilan forslarni hisobda oldinga chiqardi – 1:0.
Mezbonlarning javob goli ko‘p kuttirilmadi va Gaberning zarbasidan keyin to‘p rikoshet holatda Beyrovand darvozasidan joy oldi – 1:1.
43-daqiqada Afif ajoyib goli bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 51-daqiqada Jahonbaxsh penaltidan muvozanatni tikladi – 1:1.
82-daqiqada esa Ali Almuez katta sahnaga chiqib, ofsayd chizig‘i ustidan eronliklar darvozasiga g‘alaba golini kiritib, Qatarni ketma-ket ikkinchi marta Osiyo kubogi finaliga olib chiqdi – 3:2. Forslar o‘yin yakunidagi chetlatishdan keyin kamchilikda qolib, o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunlashdi va turnir bilan xayrlashishdi.
Shu tariqa, mezbon va amaldagi chempion Qatar 10 fevral kuni finalda turnir kashfiyoti Iordaniyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
Osiyo kubogi-2023. 1/2 final
Eron – Qatar – 2:3
Gollar: 1:0 – 4 Ozmun, 1:1 – 17 Gaber, 1:2 – 43 Afif, 2:2 – 51, penalti Jahonbaxsh, 2:3 – 82 Almuez Ali.
Eron – Beyronvand, Rizoyon (Moganlu, 87), Xalilzoda, Kanaanizodagon, Xojisafi (Muhammadiy, 46), Ibrohimiy (Muhebiy, 46), Izzatullohi, Jahonbaxsh, Quddus, Toremiy, Ozmun.
Qatar – Barsham, Ro-Ro (Salmon, 64), Lukas Mendes, Ali (Xuxi, 68), Ahmad (Muhammad, 46), Abdulvahob, Gaber (Xotam, 81), Fatahiy, Abdurazzoq (Al-Haydos, 63), Afif, Ali.
Ogohlantirishlar: Turobiy (18), Hojisafi (21), Ali (40), Fatahi (50).
Chetlatish: Xalilzoda, 90+3.
Mavzuga oid

09:02
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

07:40 / 24.07.2025
Eron TIV rahbari: Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi

22:18 / 22.07.2025