Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga olindi
Milliy gvardiya xodimi fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish uchun 1 500 dollar, advokat esa qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanishini bekor qilib berishni va’da qilib 600 dollar olganda ushlangan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Samarqand viloyatida Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Ishtihon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi F.O. fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, undan 1 500 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, boshqarma tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qilib berishni aytib, buning evaziga 600 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Samarqandda pul evaziga esdalik nishoni olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

16:17 / 11.04.2025