“Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi to‘liq to‘lanmagan” – prezident
Yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1 aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi.
Qayd etilishicha, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan. Yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1 aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.
Ma’lumotni elektron platformaga to‘liq kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit ko‘pi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.
Yig‘ilishda joriy yilda bog‘, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 mln gektar yerlarni ham to‘liq raqamlashtirishga topshiriq berildi. Ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral o‘g‘it sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.
Mavzuga oid

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

19:37 / 09.04.2025