Qamchiqda avtotreyler YTHga uchradi. 6 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtotreyler haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan va yo‘l chetida turgan mashina va odamlarni urib yuborgan.
Qamchiq dovonida insonlar o‘limi bilan bog‘liq mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 12 fevral kuni dovonda yangi mashinalarni tashuvchi avtotreyler YTHga uchragan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtotreyler haydovchisi harakat paytida uxlab qolgan hamda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan mashina va odamlarni urib yuborgan. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani hamda bir nechta yengil mashinaga zarar yetgani aytilmoqda.
Hozircha holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan rasmiy axborot berilmadi.
Oldinroq Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida Isuzu va Lacetti to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.