Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda davlat xizmatlari markazi xodimi 1000 dollar olganda ushlandi - manba
U fuqaroga turar-joy sotib olish uchun yaqin tanishlari orqali pul evaziga subsidiya olib bermoqchi bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, xodim sobiq sudyaning o‘g‘li bo‘lgan.

Foto: Oleg Yakovlev
Namangan shahrida davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi tezkor tadbirda qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Namangan shahar adliya bo‘limining davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi X.R. qo‘lga tushgan. U turar-joy sotib olish uchun yaqin tanishlari orqali subsidiya mablag‘lari ajrattirib berishni va’da qilib, buning evaziga fuqarodan 1 500 AQSh dollar talab qilgan. Katta mutaxassis kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini oldindan olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Qo‘lga olingan shaxs sobiq sudyaning o‘g‘li ekanligi aytilmoqda.
Oldinroq Qo‘qonda sud xodimi nikohdan ajratib berish evaziga fuqarodan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangandi.
Mavzuga oid

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025