Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr tarmoqlarida yuz bergan nosozliklar bartaraf etilgani ma’lum qilindi
Buxoro viloyatidagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda.

Foto: Kun.uz
Bugun, 2024 yil 18 fevral kuni ertalab Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining bir qancha hududlarida noqulay ob-havo va kuchli shamol tufayli 50 mingdan oshiq iste’molchi vaqtinchalik elektr ta’minotidan uzilgandi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Samarqand va Jizzax viloyatida elektr tarmoqlarida vujudga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf etilgan.
“Viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf yuzasidan olib borilgan tezkor choralar natijasida mazkur viloyatlarning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklandi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ertalab berilgan xabarda Buxoro viloyatida ham noqulay ob-havo va kuchli shamol tufayli 15 ming iste’molchi vaqtinchalik elektr ta’minotidan uzilgani haqida xabar qilingandi. Hozircha bu viloyatdagi vaziyat haqida xabar berilmadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining ayrim hududlarida chiroq o‘chib, yonib turgani aytilmoqda. Balki bu sovuq tufayli tarmoqlar qizib yaroqsiz holga tushishining oldini olish uchun maqsadli amalga oshirilayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025