O‘zbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Rossiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Joriy yilning 19-20 fevral kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin hamda Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Bo‘lajak uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, bu yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal majlisining Davlat dumasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan.
Mazkur tashrif Rossiya parlamenti delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (2022 yil, noyabr)da bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida rejalashtirib olingan.
Mavzuga oid

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025
Rossiyalik harbiy xizmatchi Kursk viloyatida oilaga qarata o‘t ochdi

01:15 / 01.05.2025