Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashdi
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, ta’lim va tibbiyot forumlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
O‘zaro savdoning o‘sish sur’atlarini davom ettirish, kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor o‘tkaziladigan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025