Sirdaryo - Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilyapti
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad Abdulloh Abunayyan bilan uchrashdi.

Foto: Transport vazirligi
Sirdaryo - Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi 38 km avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston—Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston transport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi.
Transport infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Toshkent - Samarqand, Toshkent - Andijon pulli avtomobil yo‘llarini, Sirdaryo - Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi 38 km avtomobil yo‘lini qurish hamda aviatsiya sohasidagi loyihalar muhokama etildi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025