Varshavada O‘zbekiston va Yevroparlament hamkorligini chuqurlashtirish muhokama qilindi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida «O‘zbekiston va Yevroparlament o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga yangicha yondashuv» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Foto: «Dunyo» AA
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, davlat organlari, fuqarolik va ilmiy jamiyatlar, tahliliy doiralar, Polsha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining ijobiy xarakteri va dinamikasini, savdo, mehnat migratsiyasi va madaniy almashinuv masalalarida hali foydalanilmagan salmoqli salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
«O‘zbekiston parlamenti vakillari bilan juda yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Gap aloqalarimiz haqida ketyapti, bu muhim, chunki Markaziy Osiyo endi nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki Polshaning ham diqqat markazida. O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari hayratlanarli, iqtisodiyot har yili o‘rtacha 6 foizga o‘smoqda. O‘zbekiston prezidentining xalqaro maydondagi faolligi hayratlanarli. Rasmiy Toshkent ko‘p tomonlama diplomatiya olib bormoqda. 2023 yilda davlatingiz rahbarining Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan uchrashuvlari, «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammiti va boshqa uchrashuvlar buning dalilidir», - dedi «Polsha-Osiyo» savdo-sanoat palatasi rahbari Yanush Pexochinskiy.
Mavzuga oid

10:24 / 26.03.2025
Varshava universitetida o‘zbek tilini o‘qitish tizimi joriy etiladi

22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi

11:45 / 21.12.2024
Yevroparlamentda O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

15:51 / 29.11.2024