Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Urganch tumanida fermer xo‘jaligi qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Buning oqibatida davlatga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln so‘mni tashkil etdi.

Foto: «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati
Xorazm viloyati Urganch tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazildi, deya xabar bermoqda «O‘zenergoinspeksiya» kompaniyasi matbuot xizmati.
Xususan, tumandagi «M.» fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln so‘m (2 mln 249 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.
Iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, deyiladi xabarda.
Avvalroq yanvar oyida hududlarda 94 mlrd 542 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgandi. Holatlar bo‘yicha mingga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid

19:58 / 17.07.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

11:50 / 14.07.2025