«Rosatom» O‘zbekiston bilan kichik atom elektr stansiyalari qurilishini muhokama qilmoqda
Shuningdek, Qirg‘iziston, Myanma va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator orol davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Foto: Getty Images
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Myanma va Sharqiy Osiyoning orol davlatlari bilan kichik atom elektr stansiyalarini qurish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachev Davlat Dumasida ma’lum qildi.
Lixachev kichik atom elektr stansiyalariga talab yuqori ekanini ta’kidladi.
«Tahlilchilarimiz yaqin 10-15 yil ichida sayyoramizda 30-40 GVt kam quvvatli atom elektr stansiyalari qurilishini aytishmoqda», dedi u.
«Rosatom» rahbari, shuningdek, Rossiyaning «Nornikel», «Gazpromneft» va «Lukoyl» kompaniyalari bilan kichik atom elektr stansiyalari loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida ham ma’lumot berdi.
«Bir qancha davlatlar bizning hamkorimiz va mijozimiz. Ayrimlari bilan hukumatlararo bitim tuzilgan, shartnomalar ustida ish olib borilmoqda. Va ba’zilari bilan hali ham texnik ko‘rinish va iqtisodiy model darajasida [ishlaymiz]. Biz O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Myanma va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator orol davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», dedi u.
Mavzuga oid

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi

21:26 / 15.04.2025