Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holatlar Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangiyo‘l shahar va Parkent tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan. YaTT M.A. kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatish obektida, fuqaro T.T. esa ishlab chiqarish sexida elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 333,8 million so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

15:22 / 27.06.2025