Xorazmda maktab ta’limi sifatidan norozi onaning murojaatidan keyin 2 nafar o‘qituvchiga hayfsan berildi
Farzandi boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan onalardan biri bolalar ombudsmaniga maktab ta’limi sifati yuzasidan murojaat qildi. O‘rganishlar ayolning farzandi o‘qiyotgan sinfda ta’lim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligini ko‘rsatgan.

Foto: Getty Images
Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 34-maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchisining onasi farzandiga sifatsiz ta’lim berilayotgani yuzasidan Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan.
Murojaatda bola o‘qiydigan sinfga dars beruvchi 2 nafar o‘qituvchining bilim berish darajasi yetarli emasligi, shuning uchun maktab direktoridan ularni o‘zgartirish so‘ralgani qayd etilgan.
“Biroq bu holat maktab direktori tomonidan e’tiborsiz qoldirilganligi, maktab faoliyati qoniqarsiz darajada ekanligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganligiga qaramasdan holat yuzasidan mas’ullarga chora ko‘rilmayotganligi aytilgan”, – deyiladi ombudsman xabarida.
Bolalar huquqlarini himoyalovchi vakilning MMTVga so‘rovi asosida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat o‘rganilgani ma’lum qilindi. Ayolning farzandi o‘qiyotgan sinfdagi ta’lim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, shu sabablar bilan 34-maktabning 2 nafar o‘qituvchisiga nisbatan hayfsan intizomiy chorasi qo‘llangan. Maktab direktori maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olish va bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirilgan.
Mavzuga oid

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

12:35 / 25.03.2025