O‘zbekiston va Ummon to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummonning Salam Air aviakompaniyasi rahbari Ahmad al-Shidhani va mazkur kompaniyaning xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh direktori Mazen al-Salmani bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan ikki mamlakatni to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali bog‘lash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro savdo-iqtisodiy va sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida Salam Air aviakompaniyasi rahbariyati va O‘zbekistondagi yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirokida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

13:49 / 12.04.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yana bir muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

12:52 / 03.04.2025
Oman Air O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

13:41 / 28.03.2025
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi

16:52 / 18.03.2025