Tolimarjon IESda yong‘in yuz bergani rad etildi
Bug‘-gaz qurilmalariga yoqilg‘i yetkazib beruvchi quvurlardagi filtrlarda alangalanish yuzaga kelgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Energetika vazirligi
Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon Issiqlik elektr stansiyasida (IES) yong‘in yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, stansiyada tabiiy gazdan foydalaniladi. Bu esa bug‘-gaz qurilmalariga yoqilg‘i yetkazib beruvchi quvurlardagi filtrlarda chang o‘tirib qolishiga olib keladi. Aynan changlarning bir-biriga ishqalanishi oqibatida alangalanish yuzaga kelgan. Bu holat yong‘in sifatida noto‘g‘ri talqin etilgan.
Ta’kidlanishicha, alangalanish oqibatida hech kim jabrlanmagan va filtrlarni tozalash, texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakunlangach, bug‘-gaz qurilmasi qayta ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025